L o a d i n g

Ilmiy konferensiyalar

Bosh sahifa | Ilmiy konferensiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Oltoy davlat universiteti, “Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkologiya ilmiy-ma’rifiy markazi

Konferensiyada ishtirok etish uchun https://tridm.uz/turkicworld/ web sayti orqali 2024-yil 15-augustga qadar ro‘yhatdan o‘tish zarur. Nashr uchun yakuniy materiallar 2024-yil 10-sentabrgacha Gordeyeva Yelena Anatolyevna telegram profili (+998505112552) hamda helena-gordeeva@inbox.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Konferensiyada ishtirok etish bepul;

Batafsil...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI, INTEGRAL UNIVERSITETI (HINDISTON), “SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI

Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2024-yil 10-sentabrga qadar Feruza Ollamurodova (+998 933549654) @Science_maqola24 telegram profili orqali qabul qilinadi.

Batafsil...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI, SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI, TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI, “SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI

Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2024-yil 20-iyunga qadar https://t.me/Science_maqola24 (+99893 3549654) telegram profili orqali qabul qilinadi.

Batafsil...

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali.

Maqolalar 2023 yil 16-mayga qadar https://t.me/Science_inno3 (+998 88 195 55 25) telegram manzili orqali qabul qilinadi.

Batafsil...

Toshkent davlat agrar universiteti, "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali.

Maqolalar 2024-yil 23-may kuniga qadar https://t.me/science_inno1 (+998993319654) telegram manzili orqali qabul qilinadi.

Batafsil...

Ilmiy-uslubiy seminar

2025- yilning 22-yanvar kuni Alfraganus universitetida Sharq filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan atoqli tilshunos, filologiya fanlari doktori, professor BAXTIYOR MENGLIYEV bilan “Filologik tadqiqotlar: kecha, bugun, ertaga” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.
Bugungi kun tadqiqotlari qanday bo‘lishi kerak? Tilshunosligimiz oldida qanday muammolar bor? Yetuk filolog kadrlar tayyorlashda qanday fanlarni o‘qitish ahamiyatli? Dissertatsiya yozishda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Tadqiqot metodologiyasi va metodlari kabi masalalar haqida ustozning teran fikrlari, ayrim so‘zlarning ma’nolari xususidagi zargarona tahlillari barchada qiziqish uyg‘otdi.
Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va magistrantlar bilan birga zoom havolasi orqali respublikamizning turli hududlaridan 100ga yaqin tinglovchilar ishtirok etganligi kun tartibidagi mavzuning dolzarbligidan darak beradi.

Batafsil...

Ochiq muloqot

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ro‘ziyev va Filologiya fanlari doktori, professor B.Menglievlar ishtirokida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidagi o‘zgarishlar hamda O‘zbek amaliy tilshunosligi ilmiy maktabi, O‘zbek tilidagi ayrim grammatik shakllargina sintaktik vazifa bajaradi degan an’anaviy qarashlar va barcha grammatik shakllar sintaktik imkoniyatlarga egaligi mavsusida ilmiy tadqiqot metodologiyasi xususida ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda barcha yo‘nalish professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va ilmga qiziqqan talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Batafsil...