L o a d i n g

Galereya

Bosh sahifa | Galereya

‘‘Darsliklar ‘‘Tez-tez bo‘llaring!’’ shiorida yoziladi’’

‘‘Vatandosh’’ intellektual klubining o‘zbek tili mavzusidagi yig‘ilishida birinchi spiker sifatida professor Baxtiyor Mengliyev so‘zga chiqdi. Uning ta’kidlashicha, o‘zbek tili ta’limida katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan, ammo muammolar hali ham dolzarbligicha qolmoqda. Professor o‘zbek tili ta’limining mustaqillikdan keyingi o‘zgarishlari haqida to‘xtalar ekan, ‘‘Biz ko‘pincha kamchiliklarga e’tibor qaratamiz, yutuqlarni esa ko‘rmaymiz’’, dedi. Ya’ni, mustaqillikkacha o‘zbek tili grammatikasi, asosan, rus tili grammatikasining nusxasi edi, ammo keyinchalik milliy til qurilishiga asoslangan yangi tizim yaratildi. Bundan tashqari, Mengliyev ta’lim maqsadining qayta belgilanganini ta’kidladi. Yangi maqsad – o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va olingan bilimlarni nutqiy faoliyatda samarali qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Shuningdek, ta’lim usullari isloh qilindi va mavzuga mos topshiriqlar orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shakllantirildi. Biroq, yutuqlar bilan bir qatorda, Mengliyev o‘zbek tili ta’limi sohasida duch kelinayotgan muammolarni ham ochiq aytdi. ‘‘Hanuzgacha darsliklar hukmronligi davom etmoqda’’, – dedi u. O‘quvchilarning qo‘lida faqatgina darsliklar mavjud, qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘atlar va ma’lumotnomalar yo‘q. Yana bir jiddiy muammo – darsliklarni yaratish tizimi yo‘qligi. Ya’ni, darsliklar shoshma-shosharlik bilan yaratiladi va sifat nazoratidan o‘tkazilmaydi. ‘‘Hozir darsliklar ‘‘tez-tez bo‘llaring!” degan ruhda yozilmoqda’’, – dedi u, – ’’bu jarayon sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti’’. Darslik yaratishda qat’iy standartlar yo‘qligi, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani, va ijodiy tafakkurni rivojlantirish ustuvor maqsad bo‘lib qolmayotgani asosiy kamchiliklar sifatida keltirildi. Muammolarga yechim sifatida Baxtiyor Mengliyev ‘‘ta’lim-fan-ta’lim’’ zanjirini yaratish lozimligini aytib o‘tdi. U tilshunos va metodist-olim sifatida hanuz biror davlat organidan o‘z sohasidagi muammolarga yechim berish talabi bilan murojaat qilinmaganini tanqid qildi. Shuningdek, o‘zbek tili ta’limining rivoji uchun ‘‘O‘zbek tili Doimiy Anjumani’’ ni qayta tiklash zarurligini alohida qayd etdi. "Bu anjuman o‘zbek tili ta’limi muammolarini ochiq muhokama qilish va yechim topish uchun samarali platforma bo‘lishi mumkin’’, dedi u. Ochiq munozaralar va jamoatchilik fikrini umumlashtirish orqali, ta’lim tizimiga yanada mukammallik kiritish mumkinligini urg‘uladi.

Batafsil...

"FAN VA JAMIYAT" mavzusida suhbat

 

İlmiy tadqiqotlarga tõlib-toşgan USTOZ!

 

Ha. Ustozimiz ilm-fanga şuncalik şõnğiganlarki, Ulardagi yangi-yangi qaraşlar, yangi-yangi mavzular nafaqat yuzlab, balki yuz minglab olimlar ucun ustozlik qila olişlari mumkinligining isboti ekanini har bir suhbatlardan anglaydi kişi. 

 

Juda mazmunli suhbat bõlibdi. Birinci 5 daqiqasidayoq anca ilm oldim. 

Haqiqatan ham, jamiyatdagi muammolarni ilm-fan nuqatyi nazaridan hal etmay uni ma’muriy yõl bilan hal qilaverar ekanmiz, bizda õsiş bõlmaydi, rivojlaniş bõlmaydi. Ustoz aytganlaridek, daryolarning nomini õrganib, uni tadqiq etgandan kõra cõllaşişga qarşi qaratilgan, kam suv sarf qilib kõproq natija olsa bõladigan işlar jamiyatga kõproq naf keltiradi. Bu birgina misol xolos! Rivojlangan mamlakatlar ilm-fanning ana şu kucidan foydalanib misli kõrilmagan natijalarga erişmoqdalar. 

 

Kambağallikni qisqartiriş borasida bergan takliflari ham juda õrinli deb bilaman. Psixologlar ucun kõplab ilmiy işlar mana şu yõnalişda borligini payqaşimiz mumkin. 

 

Bugungi kunda faqat ilmiy daraja oliş ucungina tadqiqot olib boradigan, õz işining fanga qõşadigan xissasi haqida boş qotirmaydigan, umuman, fanning oğriqli nuqtasiga malham bõliş haqida õylamay, tadqiqot ortidan keladigan yengil hayotga intiladigan olimlar ham yõq emas. Ana şunday olimlar haqida aytilgan fikrlarni ham juda õrinli deb bilaman. 

 

“Adabiy terapiya” fani haqida aytgan gaplari bõlğusi adabiyotşunos olimlar ucun katta turtki bõlişi mumkin. Õzbek adabiyotida hali hec kim qõl urmagan ammo juda kerakli bõlgan bu yõnalişdagi tadqiqotlar ham barcamiz ucun foydali bõladi. 

 

Bunday olimlardan kõproq foydalanib qolişimiz kerak. Mana şunday suhbatlarga tez-tez caqirib, fikrlarini tarixga muhrlab oliş lozim. Universitetlarga suhbatga caqiriş an’anaga aylanib bormoqda. Bu esa ilmning qadrini biladiganlar kõpligidan dalolat beradi.

Batafsil...