L o a d i n g

Ilmiy loyihalar

Bosh sahifa | Ilmiy loyihalar

Oʻzbek amaliy tilshunosligi“ ilmiy maktabi asoschisi.

Batafsil...

Oʻzbek milliy grammatikasiga yangi gʻoya olib kirdi. „Oʻzbek tilidagi ayrim grammatik shakllargina sintaktik vazifa bajaradi“ degan anʼanaviy qarashlarni oʻzgartirdi va barcha grammatik shakllar sintaktik imkoniyatlarga egaligini isbotladi (nomz. diss.,1996).

Yangi grammatik kategoriyalarni ochdi. Feʼlning funksional shakllari deb atalgan tilimizdagi tizim hamda koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmalarining kategorial xususiyatlarini aniqladi va oʻzbek tilshunosligiga alohida morfologik kategoriya – „oʻzgalovchi kategoriya“ va „harakat tarzi kategoriyasi“ tushunchasi va terminini olib kirdi (nomz. diss., 2005). Bu oʻzbek ilmiy grammatikasini milliylashtirishga hissa boʻlib qoʻshildi;

Oʻzbek amaliy tilshunosligini boshlab berdi. Jahon tilshunosligida til sathlari (fonetik sath, leksik sath, grammatik sath) doirasidagina eʼtirof etib kelingan sistemaviylik taʼlimotini yangi bosqichga olib chiqdi – nafaqat sathlar, hatto tilning oʻzi ham yaxlit sistema ekanligini ilmiy asosladi („Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar“: dokt. diss., 2001). Bu tilshunoslik nazariyasini yangi qonuniyat bilan boyitdi (2 DSc; 3 PhD;);

Oʻzbek oʻquv leksikografiyasi nazariyasini yaratdi. Oʻzbek tilshunosligida „Oʻzbek oʻquv leksikografiyasi“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va muammo doirasida shogirdlari tomonidan qator dissertatsiya va tadqiqotlar bajarildi, shu asosda yaratilgan oʻquv lugʻatlari ona tili taʼlimini rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshildi (1 DSc; 2 PhD; 1 jamoaviy monografiya);