Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ro‘ziyev va Filologiya fanlari doktori, professor B.Menglievlar ishtirokida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidagi o‘zgarishlar hamda O‘zbek amaliy tilshunosligi ilmiy maktabi, O‘zbek tilidagi ayrim grammatik shakllargina sintaktik vazifa bajaradi degan an’anaviy qarashlar va barcha grammatik shakllar sintaktik imkoniyatlarga egaligi mavsusida ilmiy tadqiqot metodologiyasi xususida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda barcha yo‘nalish professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va ilmga qiziqqan talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.