Bugun insonlar baxt izlab turli yo‘llarni sinab ko‘rishadi – motivatsion kitoblar, turli psixologik mashg‘ulotlar va shu kabilar. Biroq ko‘pchilik bundan istagan xotirjamligini topa olmaydi. Chunki ular tashqi yutuqlarni ichki barqarorliksiz, ma’naviy bo‘shliq evaziga qozonishga harakat qilishadi. Natijada moddiy jihatdan yuqori darajaga chiqsa ham, qalbida nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. Shu insonlar qatori men ham qalb xotirjamligini izlab turli kitoblarga murojaat qildim, toki Ustozim tomonlaridan moslashtirilgan “Lisonut -tayr” ni o‘qimaguncha. Asarda qushlarning sayohati bilan birga mening ham ichki sayohatim boshlandi. Qushlar singari o‘zimdagi cheklov, qo‘rquv va istaklarimni anglab yeta boshladim:
Tovus – shuhratga intilib, hayotning asl ma’nosidan uzoqlashgan inson;
Bulbul – hissiyot va muhabbat girdobida qolgan qalb;
Kaklik– dangasalik, qo‘rquv va qulaylikni tark eta olmaydigan odam…
Bugungi insonlar ham shu holatda – har kimning qalbida tovus, bulbul yoki kaklik yashaydi. Kimdir shon-shuhrat ortidan quvib, hayotning haqiqiy mazmunini unutadi. Kimdir faqat muhabbat va tuyg‘ular bilan band bo‘lib, rivojlanishni to‘xtatadi. Kimdir esa qulaylik va xavfsizlik qobig‘idan chiqishga qo‘rqadi. Men qaysi qushman? Zamonaviy inson sifatida muammolarim va ichki kechinmalarimning tahlilini “Lisonut tayr” hikmatlarida ko‘ra boshladim. Demak, mumtoz asarlar nafaqat adabiy yodgorlik balki, zamonaviy inson uchun o‘zlikni anglashning yo‘l xaritasi ham bo‘lar ekan. Salkam olti yuz yillik donishmandlik, falsafiy va ma’naviy saboq zamonaviy formatda tushuntirilsa, zamonaviy inson muammolariga yechim bo‘lishi “Yetti vodiy” ning talqinida o‘z aksini topgan.
Har bir davrning tafakkuri, tili va, albatta, o‘quvchisi bo‘ladi. Original asarning mohiyati buzilmay, bugungi tafakkurga moslashtirilgan baytlari kishi qalbiga yaqinroq tuyuladi.
Asl matndan parcha: “Kimsa bo‘ldi ishq aro tushkan dam o't,
O'tqa nekim tushdi bo‘ldi ul ham o't.”
Moslashtirilgan matn: “Oshiqlikdan kimga yetsa magar o't,
Ajablanma, o'tga tushgan bo‘lar o't.”
Asl matn arxaik tuzilishga ega bo‘lib, undagi jumlalar murakkab grammatik konstruksiyalar bilan ifodalangan, bu esa zamonaviy o‘quvchiga begona tuyulishi mumkin. Moslashtirilgan matn esa asl matnning teran hikmatini saqlab qolgan holda jonli va ta’sirchan bo‘lib qolgan. Nutq tabiiy, mantiqiy, ritmik tuzilgani va bugungi adabiy til me’yorlariga yaqinligi sabab tez qabul qilinadi. Shuningdek, poetik tasvirlarning (ishq, o‘t), vaznning saqlanishi estetik zavq beradi.
Xullas, o‘quvchi mumtoz matnni tushunish uchun mumtoz asarlar lug‘atiga murojaat qilishga majbur emas. Chunki “Lisonut – tayr” ning hikmatlari uning tili va tafakkuriga moslashgan holda taqdim etilgan.
Hikmatni faqat o‘qish emas, undan foydalanish muhim. Inson har doim hayotning mazmunini anglashga intilgan. Chuqur hayot falsafasi singdirilgan “Lison ut-tayr” singari mumtoz asarlarning zamonaviy auditoriyaga moslashishi bugungi kun kishisi uchun o‘zlikni anglash yo‘lida qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois mumtoz hikmatning zamonaviy talqinda taqdim etilishi hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Batafsil...
İlmiy tadqiqotlarga tõlib-toşgan USTOZ!
Ha. Ustozimiz ilm-fanga şuncalik şõnğiganlarki, Ulardagi yangi-yangi qaraşlar, yangi-yangi mavzular nafaqat yuzlab, balki yuz minglab olimlar ucun ustozlik qila olişlari mumkinligining isboti ekanini har bir suhbatlardan anglaydi kişi.
Juda mazmunli suhbat bõlibdi. Birinci 5 daqiqasidayoq anca ilm oldim.
Haqiqatan ham, jamiyatdagi muammolarni ilm-fan nuqatyi nazaridan hal etmay uni ma’muriy yõl bilan hal qilaverar ekanmiz, bizda õsiş bõlmaydi, rivojlaniş bõlmaydi. Ustoz aytganlaridek, daryolarning nomini õrganib, uni tadqiq etgandan kõra cõllaşişga qarşi qaratilgan, kam suv sarf qilib kõproq natija olsa bõladigan işlar jamiyatga kõproq naf keltiradi. Bu birgina misol xolos! Rivojlangan mamlakatlar ilm-fanning ana şu kucidan foydalanib misli kõrilmagan natijalarga erişmoqdalar.
Kambağallikni qisqartiriş borasida bergan takliflari ham juda õrinli deb bilaman. Psixologlar ucun kõplab ilmiy işlar mana şu yõnalişda borligini payqaşimiz mumkin.
Bugungi kunda faqat ilmiy daraja oliş ucungina tadqiqot olib boradigan, õz işining fanga qõşadigan xissasi haqida boş qotirmaydigan, umuman, fanning oğriqli nuqtasiga malham bõliş haqida õylamay, tadqiqot ortidan keladigan yengil hayotga intiladigan olimlar ham yõq emas. Ana şunday olimlar haqida aytilgan fikrlarni ham juda õrinli deb bilaman.
“Adabiy terapiya” fani haqida aytgan gaplari bõlğusi adabiyotşunos olimlar ucun katta turtki bõlişi mumkin. Õzbek adabiyotida hali hec kim qõl urmagan ammo juda kerakli bõlgan bu yõnalişdagi tadqiqotlar ham barcamiz ucun foydali bõladi.
Bunday olimlardan kõproq foydalanib qolişimiz kerak. Mana şunday suhbatlarga tez-tez caqirib, fikrlarini tarixga muhrlab oliş lozim. Universitetlarga suhbatga caqiriş an’anaga aylanib bormoqda. Bu esa ilmning qadrini biladiganlar kõpligidan dalolat beradi.
Batafsil...