L o a d i n g

Ilmiy-uslubiy seminar



2025- yilning 22-yanvar kuni Alfraganus universitetida Sharq filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan atoqli tilshunos, filologiya fanlari doktori, professor BAXTIYOR MENGLIYEV bilan “Filologik tadqiqotlar: kecha, bugun, ertaga” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.
Bugungi kun tadqiqotlari qanday bo‘lishi kerak? Tilshunosligimiz oldida qanday muammolar bor? Yetuk filolog kadrlar tayyorlashda qanday fanlarni o‘qitish ahamiyatli? Dissertatsiya yozishda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Tadqiqot metodologiyasi va metodlari kabi masalalar haqida ustozning teran fikrlari, ayrim so‘zlarning ma’nolari xususidagi zargarona tahlillari barchada qiziqish uyg‘otdi.
Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va magistrantlar bilan birga zoom havolasi orqali respublikamizning turli hududlaridan 100ga yaqin tinglovchilar ishtirok etganligi kun tartibidagi mavzuning dolzarbligidan darak beradi.




https://www.facebook.com/share/p/1BHgREJz4z/