Filologiya fanlari doktori (DSc) Zaripov Rafiqjon Ergashboy o‘g‘lining "O‘zbekistonda davlat tili menejmenti: sotsiolingvistik aspekti va huquqiy-me’yoriy asoslar" nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.
Ushbu monografiyada O‘zbekistondagi davlat tili menejmenti va til siyosatini til va jamiyat mushtarakligi tamoyillari asosida tavsiflash, ularning huquqiy-me’yoriy asoslarini dalillash va davlat tili menejmentini samarali yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan sotsiolingvistik omillar, normativ asoslarni jahon tajribasi asosida belgilash masalalari yoritilgan.
O`zbekistonda davlat tili menejmenti: sotsiolingvistik aspekti va huquqiy-me'yoriy asoslar