L o a d i n g

TANQID QILMAY YARATING



Tanqid borasida qarashlar




Ilm yo‘liga jangchi emas, me’mor bo‘lib kiring. Ilmiy haqiqat me’morlarining vazifasi boshqalarning nuragan inshootlarini qoralash emas, balki bilimning mustahkam poydevori ustiga o‘zlarining chiroyli va uyg‘un binolarini qurishdir.

Boshqalarning tadqiqotlarini tanqid qilish yo‘lidan bormang. Shunday yozingki, boshqalar o‘zlarining nohaq ekanliklarini o‘zlari tushunib olishsin.  Axir, tanqid, hatto juda asosli bo‘lsa ham, ko‘pincha faqat himoya qarshiligini keltirib chiqaradi, muxolifni o‘z e’tiqodida mustahkamlaydi.  Bu go‘yo vayron qiluvchi bo‘ronga o‘xshaydi, u o‘zi shundog‘am qulayotgan binolarni vayronalari tagida qolib, azob chekishingiz mumkin.

Sizning vazifangiz yo‘q qilish emas, balki yaratishdir. Boshqalarning xatolaridan xursand bo‘lmang, balki ularning mantiqiyligi va go‘zalligida benuqson o‘z isbotlaringizni yarating.  O‘rganing, qidiring, isbotlang! Ishingiz shu qadar ishonchli bo‘lsinki, u boshqalar nazariyalarining nomuvofiqligi haqida gapirmay gapirsin.

Siz mehr va mahorat bilan qurgan kichkina go‘zal uy har qanday, hatto eng ulkan xarobalardan ham ustun turadi. Quyosh yer atrofida aylanadi degan fikr o‘z davrining katta ilmiy yutug‘I bo‘lganligini esdan chiqarmang. Yangi tadqiqotda o‘tmish yutuqlarini tanqid qilib o‘tirish kerak emas. Ular ham bir zamonlar juda muhtasham bo‘lgan. Ilmiy ishlaringiz o‘z davringiz uchun mahobatli uylarga aylansin – uyg‘unligi va shubhasizligi bilan jozibali, hatto eng kuchli badgumonlarni ham o‘ylashga va haqiqatni ko‘rishga majbur qiladigan bo‘lsin.