Iymon va aql
Ilmiy izlanish yo‘liga kirib, ozimizni ko‘pincha iymon (din) va aql (fan) yo‘llari birlashadigan chorrahada ko‘ramiz. Ayrim hollarda, ayniqsa, ta’lim jarayonida ilmiy va diniy qarashlar to‘qnashuviga duch kelamiz. Ba’zilar, hatto o‘qituvchilar ham, yo‘nalishlardan birini tanlashga shoshilib, o‘zlari uchun ikkinchisini noto‘g‘ri va keraksiz deb e’lon qilishadi. Boshqalar, adashgan sayohatchilar kabi, o‘z yo‘lini topa olmay, ikki yo‘l o‘rtasida ikkilanishadi. Ammo din va fan yo‘lning ikki uchi emas, balki bir tanganing ikki tomoni bo‘lsa-chi? Agar iymon va aql bir-biriga zid bo‘lmasa, balki bir-birini to‘ldirib, dunyoni va undagi o‘zimizni yaxshiroq tushunishimizga yordam bersa-chi?
Din qalbimizda uchun va qalbimizda ishlasin, uni muhabbat, mehr-oqibat, ezgulik va adolatga intilish tuyg‘ulari bilan to‘ldirsin. Bizga vijdon, rahm-shafqat, kechirimlilik, ma’naviy poklikni fazilatlarini o‘rgatsin. Ilm esa borliq qonunlarini anglashga, tabiat sirlarini ochishga, olam va hayotning paydo bo‘lishi muammolarini yechishga, bilimlarimiz sarhadlarini kengaytirishga yordam beradigan ongimiz nuri bo‘lib qolsin.
Qarama-qarshilik mavjud bo‘lmagan joyda izlanishning hojati yo‘q. Algebra bilan iymon chuqurligini o‘lchashga yoki hadislar yordamida quyosh botishining go‘zalligini tushuntirishga harakat qilishning hojati yo‘q.
Iymon shaxsiy, samimiy masala bo‘lib qolsin, u isbot yoki tushuntirishni talab qilmaydi. Axir, vijdonli bo‘lish – aksioma, u isbottalab emas. Ilm esa dalillar, mantiqiy va eksperimental ma’lumotlarga asoslangan bilim va ilm yo‘lini quraversin.
Fan ham, din ham – murakkab va ko‘p qirrali dunyoda hayot kechirishga yordam beradigan vositalar. Va faqat bir-biri bilan uyg‘un holda (ammo faqat o‘z yo‘llarida) biz uchun haqiqiy donolik (fan) va ruhiy yuksalish (din) yo‘lini ochishga qodir (B.Mengliyev).