O`tmish, bugun va kelajak
O‘tmishimiz - xotira, xato va g‘alaba iplaridan mahorat bilan to‘qilgan ulkan so‘zana. Ammo u muzlagan ohang kabi o‘zgarmas. Qanchalik orqaga qaytib, notalarni yangidan yozishni xohlasak ham, “kecha” eshiklari abadiy yopiq.
Xatolarimizni xotiramizda cheksiz takrorlashimiz, noto‘g’ri qarorlar uchun o‘zimizni qoralash bilan cheklanishimiz mumkin, ammo bu shunchaki qimmatli vaqtni behuda sarflashdan boshqa narsa emas. Zotan, mazmunli va yaxshiroq kelajak yaratish uchun sarflashimiz mumkin bo‘lgan vaqt – bugun.
Bugunimiz vaqt jadvalidagi o‘tmish va kelajakni ajratib turadigan oddiy nuqta emas, bamisoli qo‘limizdagi mo‘yqalam. U bilan kelajak hayotimizning munavvar rasmini chizamiz. Har bir harakat va qarorimiz, har bir fikrimiz ertangi kunimizning o‘ziga xos naqshini tashkil etuvchi samarali urinishlardir.
Kelajakni yaxshilamoqchimisiz, uni buguningizni o‘zgartirishdan boshlang!
O‘tmishga yopishib olishni bas qiling. Undan faqat saboq oling, o‘zingiz va boshqalarni kechiring, yangi kunga dadil qadam qo‘ying.
Tavakkal qilishdan qo‘rqmang. O‘zingizning rohat hududingizdan chiqish – orzuyingiz sari qo‘yilgan birinchi qadam.
Harakat qiling! To‘g‘ri yo‘nalishdagi kichik bir qadam ham ko‘p yillar davomida bir joyda depsininb turishdan yaxshiroq.
Kelajak oldindan belgilangan voqelik emas. U imkoniyat va kutilmagan burilishlarga to‘la, aniqlanmagan yo‘l. Va bu qanday bo‘lishi faqat o‘zingizga bog‘liq – uni yorqin qilib, baxtga yo‘g‘iring yoki zerikarli hayotda afsuslarga cho‘kib yashang – bu Sizning tanlovingiz.
Ertaga yashashni bugundan boshlang! Ha, bugundan (B.Mengliyev)