Baxtiyor Mengliyev qalamiga mansub hikmatlar
1.Biznesning asosida yolğon yotadı.
2.Asl fan "yirtiq" va "yamoq" tamoyili asosida ishlaydi. Yirtiqqa mos yamoq hozirlanadi. Yirtiqni koʻrmasdan yamoq hozirlash qanchalar kulgili.
3.Oʻzini maqtagan olim aslida hech narsa qilmagan boʻladi.
4.Hamma haq, ammo haqiqatni hech kim bilmaydi.
5.Maymunni odamga aylantirguncha odam maymunga aylanib boʻladi (ustoz va shogird haqida hazil)
6.Xudosizlar 2 xil boʻladi: 1) dinsiz; 2) dindor.
7.Dindorlar 2 xil böladi: 1) göl; 2) muğombir. Oʻrta toifa dindor emas, xudojoʻy boʻladi.
8.Sifat sondan kelib chiqadi. Köp narsada sifatlisi köp böladi.
9.Baʼzi odamlarni oʻzlaridan qutqarish kerak.
10.Dushmanlarimning hasadi meni mahv qilishga emas, balki mendan oʻtib ketish uchun ishlasa edi, ular foyda qilardi.
11.Men adabiyotshunoslarga nafratimni adabiyotshunoslik metodologiyasi bn shugʻullanib yengdim.
12.Sotsializmdan kapitalizmga oʻtgan davlatlarning fojiasi shundaki, ular oʻzlarida eski va yangi tuzumning illatlarini mujassamlashtiradi, yutuqlarini emas.
13.Ayollarning baxtsizi sevgan erkakdan qochib sevmaganiga intilganidir.
14.Koʻp orgatimchilik qilgan kishi aslida oʻzi qilolmaydi.
15.Noligan kishi buning foydasizligini biladi, ammo tinglovchidan quvvat olishini bilmaydi, shunchaki yengil tortdim deb oʻylaydi, xolos.
16.Adabiyotshunoslar sheʼrga (tepadan emas) ichdan qaraganligi uchun uning nafosati va shoirning tuygʻulariga berilib ketishi oqibatida maqolalari sheʼr kabi hissiy munosabatlardan iborat boʻlib qoladi, chunki ehtiroslar aqlning ustiga chiqib ketadi.
17.Ilm uch darajada boʻladi: tavsifiy, tadqiqiy va tavsiyaviy.
18.Dinda boʻlgani kabi grammatikada ham chuqur ketish samarasizlikka olib keladi.
19.Tushunmaslik emas, tushuntira olmaslik ayb.
20.Tavsiflovchi olimlar goʻngqoʻngʻizga oʻxshaydi.
21.Ilmiy uslubning bosh belgisi murakkablik emas, aniqlik va informativlikdir.
22.Ustozdan oʻtmagan shogird shogird emas deganda bu sohada oldinga qoʻyilgan qadam nazarda tutiladi.
23.Maʼnaviyat - farosat degani. Farosatli kishi haddini biladi.
24. Mukofot mehnatning öziga emas, uning keltirgan foydasiga berilishi kk.
25. Mehnat uchun oliy mukofot unga davlat tomonidan berilgan mukofot emas, balki mehnat natijasidan keyin kimga aylanishimizdir.
26.Ma'naviyat yölidagi mehnatlarimiz samarasini aniq baholaydigan mezonlar kk
27.Adabiyotni ijodkorni öziga ergashtiradigan adabiyotshunoslar rivojlantiradi.
28.Ijodkorga tavallo qilib ergashib yuradigan adabiyotshunos - adabiyotning kushandasi, adab ilmi esa tirikchilik vositasidir.
29.Begʻaraz odam boy boʻla olmaydi.
30.Boylik va nafs toʻgʻri proporsional.
31.Paygʻambarlik Allohning ishi va targʻibot mahsuli.
32. Inson qariyvergan sayin yo qalbi latiflashib, yumshoq koʻngil boʻlib, yo diydasi qattiqlashib, toshbagʻirga aylanib boradi - inson asl mohiyatida bu dunyoni tark etadi.
33. Sizga joni achiydigan kishi (ota-ona, ustoz, farzand, chin sevgili) ninggina duosi oʻtadi.
34.Sen yaxshilik qilgan odamlarning 20 foizidan yomonlik, yomonlik qilgan odamlaringizning esa 20 foizidan yaxshilik qaytadi.
35.Oʻqigan kitoblarimizning 10 tadan 2 tasidan hikmat ola bilsak, katta gap.
36.Bergan qarzing qaytmasligiga, yaxshilik qilganingdan yomonlik kelishiga tayyor boʻl.
37.Internetdan telefonda foydalanish imkoniyati odamlarni zerikish tuygʻusidan xalos qildi. Bu esa yolgʻizlanishni. kuchaytirmoqda.
38.Tilshunoslikda 80 foiz odam u bilan kun koʻrsa, 20 foiz odam unda yashaydi.
39.Fan yo toʻlaqonli amaliy mashgʻulotga ega boʻlishi kerak, yoki undan butunlay voz kechish lozim.
40.Oʻqituvchi dars natijsidan moddiy manfaatdor boʻlsa, taʼlim rivojlanadi.
41.Yaxshiligingga yomonlik qaytmaganiga shukur qil.
42.Bizning jamiyatda ayollar uchun ajralish erk, erkaklar uchun erkinlikni qabul qila olmaslikdir.
43.Tushunganimiz qonuniyatlarni zarurat, tushunmaganlarimizni tasodif deymiz.
44.Har qanday tartibsizlik zamirida tartib bor. Sistemada tizimsiz holat boʻlishi mumkin emas.
45.Qonyniyatdan chetlashish qonuniyatsizlik emas, balki boshqa qonuniyatga boʻysunishdir. Zotan, qonuniyatsizlik boʻlmaydi.
46.Taraqqiyotning richagi - manfaat. Axir, daraxt biz uchun meva bermaydi.
46.Hikmatlarimda 80 foizgacha haqiqat bor, undan ortiq emas.
47.Rahbar bn jamoa orasida saviya distansiyasi qancha katta boʻlsa, taraqqiyot shuncha yaxshi boʻladi.
48.Johillar davrasida sukut - jasoratdir.
49.Fikrga qarshi chiqolmaganlar shaxsiyatni, shaxslar fikrni muhokama qiladi.
50.Ikki narsa orasida tortilgan chiziq uchunchi birining ustidan tushadi. Zotan, borliq uzluksizdir.
51.Inson va Yaratuvchi orasida chegara bor. Insonning imkoniyatu tugagan joyda Allohniki boshlanadi. Shuning uchun ojizlarga Yaratuvchi yaqinroq, kuchlilarga uzoqroqdir.
52.Diniy mutaassiblik dunyoviy bilimlar boʻyicha savodsizlik bilan toʻgʻri proporsional.
53.Jinsiy, milliy, irqiy, diniy tolerantlik ijtimoiylashgan jamiyat rivojlanadi.
54.Tolerant darajasiga chiqqan odamni inson deyish mumkin.
55.Zohiran dindorligi bn ajralib turmaydigan dindordan haqiqiy taqvoni izlash mumkin.
56.Birlasha olgan xalq - millatdir.
57.Seni yomon koʻradiganlar 2 xil boʻladi: 1) sendan yomonlik koʻrganlar; 2) seni koʻrolmaydiganlar. Bugun shu haqiqatni angladim. Menda birinchisi yoʻq. 17.12.2023.
58.Milliy oʻzlikni anglash 3 darajada boʻladi: 1) yoʻqotilgan milliylikni tiklash darajasida; 2) mavjud milliylik darajasida; 3) milliyatchilik (baynalmilallik) darajasida.
59. Din Alloh oʻrnatgan majburiyat, huquq va erkinliklar sistemasidir. Ammo asl va uydirilgan dinni farqlash kk. Asl din Qurʼonda
60.Nega bizga kimligimizning hisob-kitobi u dunyoda deb uqtirishadi (abstraksiya) ? Yomon boʻlsang, kelajakda avloding azob chekadi degan falsafani ham ommalashtirish kk (konkretizatsiya).
61.Allohdan boylik emas, oʻzidan boshqaga muhtoj qilmaslikni soʻradim.
67.Asl muhabbat - avvalo, dunyoqarash va xarakterning mos kelishi.
68.Hojilarning 80 foizi firibgarlardir.
69.Maʼnaviyatga masʼul kishilarning maʼnaviyat borasidagi kazzobliklaridan koʻproq kazzobligini koʻrmadim.
70.Alloh birovga iqtidor beradi, davlat boshqasiga mukofot. Natijada hamma teng boʻladi.
71.Tashi musulmon, ichi kofir köpayib, ichi musulmon, tashi kofir kamaydi.
72. Din ötirganingda yaxshi, yurganingda halaqit bermasin.
73. Jarayon - eng yaxshi ustoz.
74. Birikuvlar barqarorlashuvinimg darajasi - birikuvchilar semantikasining qanchalik köp mos kelishidir.
75. 80/20 - miqdor özgarishlarining sifat özgarishlariga ötishi qonunining foizdagi körinishi.
76. 80/20 - borliqning uzluksizligini körsatuvchi qonun.
77. Til - yaxlit sistema, chunki unda 80/20 qonuni amal qiladi.
78. Gulday yashash, gulday oʻlish orzuim. Ammo arilarga rahmim keladi
79.Butlardan voz kechishimiz bn mullalar butga aylanib olishdi. Eski butlar bulardan yaxshiroq edi.
80.Kambagʻallar boylarga boylikni, boylar esa kambagʻallarga jannatni berishdi.
81.Ijtimoiylashgan odam oʻzini koʻproq baxtsiz his etadi.
82.Yaxshilik qilganlaringdan yomonlik qaytishi muqarrar boʻlsa, bilki, eng koʻp yaxshilik qilganingdan eng katta yomonlik qaytadi.
83.Xudoning huzuriga piyoda ham borish mumkin.
84.Özganing qanday kiyinishini emas, oʻzingning iymoningni nazorat qil.
85.Mustaqillik kimgadir milliy boylik, kimgadir milliy oʻzlik.
86.Xudo mullalarning soyasida qolib ketdi.
87.Hamma narsani oʻz foydasiga boʻysundirgan podshohlar Qurʼonni oʻzgartirmagan deya olmaymiz.
88.Hamma dinlar bir-birlarini toʻldiradi.
89.Hamma dinlarning uygʻunligi maʼrifatni hosil qiladi.
90.Bugungi possovet hududi xalqlarining illatlari: loqaydlik, umidsizlik, qoʻrqoqlik.
91.Gʻanimlarim har doim boshimdan magʻzavalar toʻkdilar, fasod oʻtin yoqdilar, tuhmatlar yogʻdirdlar.
92.Turk tili, turk qoʻshiqlari va turk azoni meni oʻziga maftun qildi.
93.Oʻzbek nutqidagi yoʻgʻon va ingichka unlilarni, v va w ni, j va dj ni imloda farqlamaslik sunʼiy intellektning oʻzbek tilida muloqotini sifatsiz qiladi. Matnni toʻgʻri oʻqiy olmaydi.
94.Zoti va ongi past, subutsiz odamlardan uzoqroq boʻlish kk. Ularga bergan yordaming senga zarar keltirishi ham mumkin.
95.Zoti pastni qancha koʻtarma, pastga tortib ketaveradi.
96.Илм соҳасида ҳам қаттиқ куч (зиддият, тортишув, қасос, уриш, йиқитиш ва ҳ.) эмас, юмшоқ куч (murosa) устувор бўлиши лозим.
97.Navoiyni faqat adabiyotshunoslarga tashlab qoʻydik. Unga faylasuf (dialektik, logik), psixolog, psixolingvist, teolog, neyrolingvist va b.lar ham qiziqishlari kerak.
98. "Nafs psixologiyasi" psixologiyaning alohida sohasi boʻlishi kk.
99.Yolğonlar ichida yashagandan haqiqat ichida qovrilgan yaxshidir.
100.Boshqalar ishongan narsaga koʻr-koʻrona ishonish fikriy qullik va mutaassiblikdir.
101. Мусулмонларнинг фожиаси ибодатда нима деетганини ўзи тушунмаслигидир. Акс холда биз маънан анча юксакликда бўлардик.
102.Shaklbozlik va taqlid islomni tanazzulga olib keldi.
103. Allohga maʼqul maqsadlar umrni uzaytiradi.
104. Eng katta yöqotish - ishonchni yöqotish.
105. Mard odam jangda emas, fitnada yengiladi.
106. Amir Temurdan keyin boshqaruv asoslari: taxtni asrash, boylik toʻplash, maishat qilish, haqiqatparastlarni mahv qilish.
107. Rahbar oʻz sohasida qoʻl ostidagilardan bilim, dunyoqarash, siyosiy irodasi boʻyicha bir pogʻona yuqori, adolatli, begʻaraz, tashabbuskor va gʻoyalar generatori boʻlmas ekan, soha rivojlanmaydi.
108. Grammatik qurilishi murakkab til sohiblarining tafakkuri ham yuqori darajada boʻladi.
109. Insonning barcha harakatlari pirovardida oʻzi uchun.
110. Mansabdor shaxs korrupsiyaga munosabat jıhatdan 3 xil böladi: 1) halol (fikrlashi: "Bir muammo bor, uni yechsak, jamiyatga qanday foydasi böladi?"); 2) gibrid (fikrlashi: "Bir muammo bor, uni yechsak, jamiyatga qanday foydasi böladi, shuningdek, menga qancha foyda keladi?); 3) korrupsioner (fikrlashi: qanday muammoni yechsak, menga köproq foyda keladi?")
111. Butun olam tortıshısh kuchı - naqadar buyuk KUCH. U ijtimoiy kuch sifatida ham mavjud.
112. Aqllilik - oʻz vaqtida, rejali va masʼuliyat bilan yondashish.
113.Tarix iqtisodiy va goyalar kurashidir.
114.Ketmaydigan davlat, unutmaydigan aql shirindir.
115.Ona kezgan bogʻing, ota yotgan togʻingdir.
116.Hammaning qilganini qilsang, hammaning birisan, hech kimning qilmaganini qilsang, hammadan zörsan.
117.İnson dunyoga öq kabi keladi: yo möljaliga tegadi, yo tegmay, yonidan ötib ketadi.
118. Oʻzbekistonda ishsizlikni keskin qisqartirishning 2 yoʻli bor: 1) xususiy tadbirkorlik mutlaqo toʻsiqsiz va imtiyozli boʻlishi kk; 2) ish shtatlarining yuklamasini teng yarmiga kamaytirish lozim (meyordan kamida 2 baravar oshib ketgan). Amalda bir ishchi 2 ishchining, bir oʻqituvchi 2 oʻqituvchining ishini bajarmoqda, 0.5 oylik olmoqda.
119. Byudjet mablagʻlarini tejash uchun boshqaruv apparatini teng yarmiga qisqartirish kk.
120. Singarmonistik tillar uchun fonetik, singarmonizmsiz tillar uchun transkrision fonematik alifbo qulay.
121. Halol mehnat qilish ham ibodat. Uni tashlab ibodatga yugurishni tushunmayman.
122.Adib boshidan qilich oʻynashi mumkin boʻlgan hodisalarni tasvirlaganda, haqiqiy ijodkor sifatida qoladi. Bunday hodisalar esa har qanday tuzum va jamiyatda topiladi.
124. Faqat oʻlimdan qutulish uchun tanish-bilishchilik, korrupsiya ishlamaydi.
125. "Baxtsiz oʻzbek" - "Bozorga qullik" = "Baxtli oʻzbek".
126. Tabiatning oʻchi - tabiiy sistemaning buzilishidir.
127. Biz, avvalo, oʻzimizni, keyin bu bilan boshqalarni aldaymiz: goʻyo istaymiz, ammo aslida "istamaymiz", aslida istamaymiz, ammo goʻyo "istaymiz".
128. Ilohiy kuch mavjudligiga men bilgan dalillar: 1) tush; 2) chin bashorat; 3) omad.
129. Odamlar xudodan uzoqlashgan sayin U bizga yaqinlashmoqda: javoblari tez sodir boʻlayotir.
130. Kishilar individual, hukumat ijtimoiy jinoyat qiladi.
131. Mansabga chiqsang, 4 narsaga erishasan: 1) martabang oshadi; 2) puling koʻpayadi; 3) qon bosiming oshadi; 4) qanding koʻpayadi. Boʻshaganingda 1, 2 darhol ketadi, 3, 4 olib ketadi.
132. Uyatning 3 turi bor: bıologik, sotsial, ma'naviy
134. Zamonaviy hodisalar fonidagina anʼanaviylik ijobiy hodisa sifatida qaraladi
135. Eng yaxshi yozuvchi ehtıroslari sönib, aql olovi yongan zör shoirdir.
136. Adabıyotshunos nölsam, iqrornoma adabiyoti, adabıyot qayerda ölib, qayerda tuğilishi, yöqotilgan adlod adabıyotı haqıda koʻproq yozardım.
137. Fil qudratliligidan bosiq, sirtlon ojizligidan jangari.
138. Tuya otni oʻldiradi, ammo sichqondan qoʻrqadi.
139.Past tabaqa kibrli, maqtanchoq va hashamatga öch böladi.
140."Quyi tabaqa" tushunchasi sotsıal hodisagina emas, balki sotsial-psixologik hodisadir.
141. Ilmıy maktab köp qavatli uyga öxshaydi. Sizning chap devoringiz boshqa a'zoning öng devori, polingiz kimgadir potolok, potologingiz esa boshqaning poli va h.
142. Har bir kishining kasbiy kompetensiyasi uning kundalik yaqqol közga tashlanib tursa, uni profesional deyish mumkin.
143. Boshqalarga, jamiyat va tabiatga zarar bermaydigan kishi ma'naviyatli, ularga foydasi tegadigan kishi esa yuksak ma'naviyatli kishidir.
144. Vovullayotgan itga qarshi kurashish it darajasiga tushish demakdir.
145. Turkchilik - ijtimoiy ğoya, turonchilik - siyosiy ğoya.
146. Dinimiz manbayi faqat Qur'on bölgandaydi, musulmon olami ham rivojlangan bölardi.
147. Hadislar va diniy rivoyatlar islomni ekspluatatsiya vositasiga aylantirdi.
148. Din tijoratdan ajratilsa, islomda rivojlanish boʻladi
149. Din va taraqqiyot qarama-qarshi: kuchlisi kuchsizini yutib yuboradi.
150. Din va evolyutsiya teskari proporsional.
151. Asl olim yo deist, yo agnost, yo panteist boʻladi. U antromorfik xudoni tan olmaydi.
152. Agar niyat ezgu boʻlsa, Parvardigor hammasini avf etadi.
153. Xudo - insonning ojizligi masuli.
154. Sinoatlar ilmiy anglanishi bilan oʻsha yerdagi xudolar yoʻqolib boradi.
155. Ilmiy boʻshliq bor joyni din toʻldiradi.
156. Diniy mutaassiblik dunyoviy taʼlim sifatining pastligiga bogʻliq.
157. Ibtido va intiho mavhumligi (bilimsizlik) dinni keltirib chiqargan. Ilm rivojlanishi bn diniy haqiqatlar mifilogik uydirmalarga aylanib boradi.
158. Miflar xurofotchi ajdodlarimizning tafakkuri va saviyasini koʻrsatadigan uydirmalardir.
159. Iymon isbot soʻramay ishonishdir.
160. Inson qalbi hech qanday kuchga boʻysunmaydi. Hatto egasiga ham. Unday qudratli mavjudlik yoʻq (hikmatlarimdan biri)