Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1990-yil 4-noyabrda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida ziyolilar oilasida tavvalud topgan.
O‘rta maktabni 2010-yilda tugatib, akademik litseyga o‘qishga kirgan.
2010-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishiga bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirgan. 2018-2020-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Lingvistika yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olgan.
2014 y.–2016 yy.- Toshkent viloyati Zangiota tumani 42 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi, 2018-y. yanvar-sentabrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi kabinet mudiri, 2020-y. – 2023 yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti bo‘lgan. Hozirda nodavlat ta’lim muassasasida xorijliklarga o‘zbek tilidan dars berib kelmoqda.
2024-yil Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. (Ilmiy rahbar: B.R.Mengliyev)
5. 20dan ortiq maqola muallifi