L o a d i n g

Xotamova Guljahon Solijonovna

Filologiya fanlari doktori (DSc)

1984-yilda Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug‘ilgan. 1990- 1999-yillarda     Toyloq tumanidagi 30-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida; 1999-2002-yillarda SamDU akademik litseyida tahsil olgan. 2002-2006-yillarda Samarqand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida bakalavriat, 2006-2008-yillarda magistraturada lingvistika yo‘nalishida tahsil olgan.

2023-yilda “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqotini himoya qilgan.

“O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.01- O’zbek tili.

“Ijtimoiy tarmoq matnlarida sotsial chegaralangan so’zlarning qo’llanilishi” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.

Monografiyalari:

  1. Lingvistik ekspertizada nutq tahlili metodikasi

Ishtirok etgan loyihalari:

FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” («Функциональное словообразование в современном каракалпакском языке»);  FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” innovasion loyiha ishtirokchisi (2021)

20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 4 ta uslubiy qo‘llanma muallifi