L o a d i n g

Turdibekov Mo‘min To‘rayevich

Filologiya fanlari doktori (DSc)

1966-yilda Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati O‘ratepa tumani (hozir So‘g‘d viloyati Istaravshan tumani) Bolg‘ali qishlog‘ida tug‘ilgan. 1973-1983-yillarda Leninobod viloyati O‘ratepa tumanidagi 50-o‘rta maktabda ta’lim olgan. 1983-1990-yillarda Leninobod davlat pedagogoka institutining Tarix-filologiya fakultetida (hozir Xujand davlat universiteti) tahsil olgan.

2001-yilda FA Til va adabiyot instituti huzuridagi doktorlik darajasini beruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashda “Abulg‘oziy Bahodirxonning Shajarayi turk asari onomastikasi” mavzusida  nomzodlik, 2023-yilda FA Til, adabiyot va folklor instituti huzuridagi doktorlik ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda “Shimoliy Tojikiston toponimlarining tarixiy-lingvistik xususiyarlari” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

“Abulg‘oziy Bahodirxonning Shajarayi turk asari onomastikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.02 - O‘zbek tili.

“Shimoliy Tojikiston toponimlarining tarixiy-lingvistik xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.01- O‘zbek tili.

Monografiyalari:

  1. Shajarayi turk onomastikasi. - Toshkent, Nodirabegim nashriyoti – 96 b.
  2. Shimoliy Tojikiston tarixiy toponimlari. – Toshkent: Nodirabegim nashriyoti, 2022. – 214 b.

Darsliklari

1.Sotsiolingvistika (Hammualiflikda). – Toshkent, Nodirabegim nashriyoti, 2022. – 148 b.

O‘quv qo‘llanmalari:

  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (amaliy mashg‘ulot uchun qo‘llanma). – Toshkent, 2023.
  2. O‘zbek dialektologiyasi (Hammualliflikda). – Xujand, 2023.
  3. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2024.
  4. O‘zbek tili tarixi. – Toshkent, 2024

Maqolalari:   

150 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi

 

Avtoreferat DSc.