Filologiya fanlari doktori (DSc)
1991-yilda Buxoro shahri Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1998- 2005-yillarda Vobkent tumanidagi 2-sonli ixtisoslashgan gimnaziyasida; 2005-2009-yillarda Vobkent shahridagi 6-sonli maktab-internatda tahsil olgan. 2010-2014-yillarda Buxoro davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida, 2015-2017-yillarda ToshDO‘TAU magistraturasida Lingvistika yo‘nalishida tahsil olgan.
2022-yilda “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy tadqiqotini himoya qilgan.
“O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.11- Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
“O‘zbek tili morfologik analizatorining lingvistik ta’minoti” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Monografiyalari:
Ishtirok etgan loyihalari:
FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” («Функциональное словообразование в современном каракалпакском языке»); FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” innovasion loyiha ishtirokchisi (2021)
OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 27-sentabrdagi 04/1-1756-son ma’lumotnomasi)