Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1988 - 1998 yilda Kasbi tumanidagi 11 - o‘rta maktabni a’lo baholar bilan o‘qigan.
1999 yilda Qarshi davlat universitetining Xorijiy tillar fakultetini ingliz tili yunalishiga qabul qilingan, hamda uni 2003 yilda tamomlagan.
2003-yilda Lingvistika ixtisosligi bo‘yicha universitet Magistratura bo‘limiga o‘qishga kirgan. Magistratura bo‘limini 2005 yilda mazkur ixtisoslik bo‘yicha tugatgan. Mehnat faoliyatini 1999 yil Qarshi shahridagi 29-son o‘rta umum ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchi sifatida o‘z ish faoliyatini boshladi.
2005-2018 yy. - Qarshi davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2019 yy.- Qarshi davlat universiteti fakultetlararo ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi, 2020-2021 yy. - Qarshi davlat universiteti fakultetlararo chet tili (ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishlari uchun) kafedrasi o‘qituvchisi, 2021 y. - h.v. - Qarshi davlat universiteti fakultetlararo ingliz tili kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.
2021-yil 7-mayda Qarshi davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/30.12.2019.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengashida filologiya fanlari doktori, professor Mengliyev Baxtiyor Rajabovich rahbarligida “Belgi denonativ semali metofaralarning tasnifi, kognitiv strukturasi va leksikografik talqini” mavzusida dissertatsiyasini 10.00.01- O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli himoya qildi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. 2023-yilda 10.00.06- “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”. ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
Suyarova Nargiza Yuldoshevna o‘zining Ilmiy – pedagogik faoliyati davomida 1 ta Monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta o’quv qo’llanma, 2 ta DGU, 1 ta lug’at, 50 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari, Xalqaro va Respublika jurnallari va ilmiy to‘plamlarda chop etilgan