L o a d i n g

Saidova Farida Allayor qizi

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

1995-yil 11-fevralda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida ziyolilar oilasida tavvalud topgan.

O'rta maktabni 2010-yilda tugatib, o'rta-maxsus kasb-hunar kollejiga o'qishga kirgan.

2013-yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishiga bakalavriat bosqichiga o'qishga kirgan. 2017-2019-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Lingvistika yo'nalishida magistratura bosqichida tahsil olgan.

2019-2020-yillarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida 51-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ona tili va adabiyoti o'qituvchisi bo'lib faoliyat yuritgan.

2020-2021-yillarda ToshDO'TAU Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi stajyor-o'qituvchisi, 2021-2022-yillarda Lingvodidaktika kafedrasida o'qituvchi, 2022-2023-yillarda Amaliy tilshunoslik kafedrasida o'qituvchi, 2023-2024-yillarda Renessans ta'lim universiteti Filologiya kafedrasi dotsenti bo'lib ishlagan.

2023-yil Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilgan (Ilmiy rahbar: B.R.Mengliyev)

  1. 10.00.01 - O'zbek tili. “Lug'atlarda sinonim leksemalar talqini”
  2. 20dan ortiq maqola muallifi.

Monografiya:

Leksikografiya va terminografiya: ma’lumotlar bazasi va semantizatsiyasi. Jamoaviy monografiya / Mas’ul muharrir:
S.Karimov. – Toshkent, 2024. – 316 b.  (Hammualliflikda)

 

Avtoreferat.