Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
O‘roqova Zilola Salomovna 27 yildan beri ta'lim sohasida ishlab kelmoqda.
O‘roqova Zilola Salomovna 1977 yil 25 mayda Qarshi shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
1983-1993 yillar Qarshi shahridagi 29 sonli maktabni a'lo baholarda tamomladi. O‘quvchi yillaridayoq izlanuvchanligi, o‘tkir zehni bilan ustozlari e'tiboriga tushgani bejiz emas. Zilola O‘roqova 1993 yil Qar DU ning O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, 1998 yilda ushbu oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatgan.
U 1995-1996 yillar Qarshi Davlat universiteti Jamiyatshunoslik markazida, 1996-2003 Qarshi tumanidagi 17-o‘rta umum ta'lim maktabda oliy toifali o‘qituvchi, 2003-2009 yillar Qar DU O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2009-2011 yillar TATU Qarshi filialida “Ilmiy ishlar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i, 2011-2014 yillar ushbu filialni “Gumanitar va ijtimoiy, iqtisodiy fanlar kafedrasidadotsent vazifasini bajaruvchi vazifalarida ishlab kelgan. Uning ilg‘or fikrlari, tajribasi, ish uslubi, tashkilotchiligi va tashabbuskorligi rahbarlar nazariga tushdi.
Zilola O‘roqova 2014 yildan QVXTXQTMOI “ Tillarni o‘qitish metodikasi ” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi va shu kunga qadar kafedrani faollik bilan boshqarib keldi.
Zilola O‘roqova tilshunoslik sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, 2011 yil 25 noyabrda Alisher Navoiy nomidagi O‘z Res FA Til va adabiyot institutining ilmiy Kengashida professor B. Mengliyev rahbarligi 10.02.02 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Maskan otlarining lug‘oviy-ma'noviy guruhi va uslubiy hususiyatlari” nomli mavzuda nomzodlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
2014 yil mart oyida - Toshkent shahrining Bosh ilmiy-metodik markazida “Ta'lim tizimi menejmenti” bo‘yicha, 2016 yilda – Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markaziy institutida Hududiy XTXQTMOI lar rektorlari, prorektorlari va ularning zahirasi bo‘yicha, 2017 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining TATU “Elektron Hukumat” o‘quv markazining “Kompyuter texnikasi va internet asoslari” bo‘yicha, 2023 yilda – Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markaziy institutida Hududiy XTXQTMOI lar rektorlari, prorektorlari va ularning zahirasi bo‘yicha malaka oshirib sertifikatlar olgan.
Zilola O‘roqova 2022 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Zilola O‘roqova 2023 yil may oyida “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Zilola O‘roqova “Maskan otlarining lug‘aviy-ma'noviy guruhi va uslubiy xususiyatlari” nomli monografiya, Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun “Maskan otlarining badiiy qo‘llanilishi”, Filologiya ta'limida interfaol metodlardan foydalanish, “Ona tili va adabiyot darslarida didaktik ta’limiy o‘inlarni qo‘llash” nomli uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.
130 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 30 ga yaqin ma’ruzalar matni, 5 ta o’quv uslubiy qo’llanma, ko’rsatmalar, 15 ga yaqin xalqaro anjumanda ma’ruzalari, 2 ta grand (loyiha) muallifidir. Ilmiy maqolalari Polsha, Rossiya, Hindiston, Indoneziya, AQSH, Germaniya, Ukraina, Qozog’iston va boshqa ko’plab ОАK tasarrufidagi 34 ta Xalqaro nufuzli indekslangan xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Zilola O‘roqova nafaqat ilmiy sohada, balki oilaviy-axloqiy jihatdan va ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali insondir. U o‘ziga topshirilgan ishni halol va maromiga yetkazib bajaradi. Intizom va printsipialligi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning bekasi, 3 nafar farzandning mehribon onasi, 2 nafar nabiraning sevimli buvijonisi.
Zilola O‘roqova haqiqatdan ham bilimli, intiluvchan, teran fikrlovchi, samimiy, xarakter jihatdan ham pedagoglarga xos bosiqlik, kuzatuvchanlik, yetti o‘lchab bir kesadigan, iloji boricha xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladigan xodim.