Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1970-yil 4- mayda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1977-1987-yillarda Xatirchi tumanidagi 57-maktabda ta’lim olgan. 1987-1994 yillarda Samarqand davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati:
1994-1995-yillarda Xatirchi tumanidagi 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;
1995- yil 15 dekabrdan Navoiy davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili” kafedrasi o‘qituvchisi;
2005-2010- yillarda NavDPI kengashi kotibi;
2010-2015-yillarda fakultet dekani;
2015- 2020-yillarda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti;
2023-yildan O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti.
2007- yil 27-iyunda O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi UDK.398(09)(578.1) D 15.04.01 raqamli fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Birlashgan ixtisoslashgan kengashda “Xizr obrazining genezisi va uning o‘zbek folkloridagi talqini” 10.01.09. – Folklorshunoslik ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2022-yildan filologiya fanlari doktori, professor B.Mengliyev ilmiy maslahatchiligida “O‘zbek zamonaviy fonetik nazariyasining shakllanishi, taraqqiyot tendensiyalari va istiqbollari” (10.00.01– O‘zbek tili) doktorlik dissertatsiyasi mavzusida ustida tadqiqot olib bormoqda.
F.Nurmanov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 60 dan ortiq maqola, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq publitsistik maqolalar chop ettirgan