L o a d i n g

Maxmudova Farangiz Muzaffar qizi

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

1992-yil 25-aprelda Qarshi shahrida tug‘ilgan.

 1998-2006 yillarda Qarshi shahridagi 34-umumiy

o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olgan. 2006-2009 yillarda

Qarshi shahridagi Iqtisodiyot kollejiga ta’lim olgan.

2010-2014-yillar Qarshi davlat universiteti o‘zbek               

filologiyasi fakultetida, 2014-2016 yillar Qarshi davlat universitetining magistiratura bo’limida tahsil olgan.

2022-yilda 10.00.01 – o‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Said Ahmad hajviy asarlarida lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishi” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).

F.Maxmudovaning muallifligida 1ta monografiya (“Said Ahmad hajviy asarlarida lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishi” 2024), xorijiy hamda respublika miqyosidagi nashrlarda 16 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar nashr etilgan.

 

Avtoreferat.