L o a d i n g

Madrahimov Ilhomjon Sobirovich

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Madrahimov Ilhomjon Sobirovich  1958- yil 23- martda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani, ishchi oilasida tug'ilgan. 1980- yili Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika institutini o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

1985-1987- yillarda Qo'qon davlat pedagogika institutining o'zbek tilshunosligi kafedrasida katta laborant,

1987-1988- yillarda institut talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasining raisi,

1988-1989- yillarda o'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi,

1989-1992- yillarda F. Xo'jayev nomidagi Buxoro Davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi aspiranturada kunduzgi bo'lim aspiranti,

1993- yildan o'zbek tilshunosligi kafedrasida o'qituvchi,

1995-  yildan shu kafedraning katta o'qituvchisi,

1997-  yildan o'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri,

1999-  yildan o'zbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi,

2001-2003- yillarda Farg'ona Davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti,

2003- yildan  Qo'qon davlat pedagogika instituti ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha rektorning birinchi o'rinbosari,

2005- yildan Qo'qon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari,

2007- yildan  Qo'qon davlat pedagogika instituti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti,

2011-  yildan Qo'qon davlat pedagogika instituti ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektori,

2012- yildan Qo'qon davlat pedagogika instituti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti,

2012- yildan Qo'qon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti dekani,

2013- yildan Qo'qon davlat pedagogika instituti o'zbek tili kafedrasi dotsenti,

2023- yil 21- yanvardan boshlab Qo'qon davlat pedagogika instituti o'zbek tili kafedrasi mudiri v.b.,

2023- yil 30- avgustdan Qo'qon davlat pedagogika instituti o'zbek tili kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

“So'zning serqirraligi va uni tasniflash asoslari” (10.00.01 – O‘zbek tili) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini 1994- yilda O'zR FA Tilshunoslik institutida muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Madrahimov Ilhomjon Sobirovichning “10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo'yicha “O'zbek tilida lingvistik tasnif metodologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi mavzusi Qo'qon davlat pedagogika instituti kengashining 2023-yildagi 1-yig‘ilishida  tasdiqlangan. O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasida V2023.4.DSc/Fil682 raqam bilan ro‘yxatga olingan. Tadqiqotchining tadqiqot mavzusi bo‘yicha 1 ta monografiya, 40 ta ilmiy maqola (shundan 14 tasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, 14 tasi xorijiy jurnalda, 10 ta xalqaro va  2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida) nashr qilingan.