L o a d i n g

Islomov Ikrom Xushboqovich

Filologiya fanlari doktori (DSc)

1975-yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. 1981-1991-yillarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 7-umumta’lim naktabida ta’lim olgan. 1992-1997-yillarda Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

2019-yilda “O‘zbek tilida yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2021-yilda “O‘zbek tilining geografik terminologiyasi: tizimi, genezisi, semantik strukturasi va leksikografik talqini” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

“O‘zbek tilida yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.01- O‘zbek tili.

“O‘zbek tilining geografik terminologiyasi: tizimi, genezisi, semantik strukturasi va leksikografik talqini” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.01- O‘zbek tili.

Monografiyalari:

  1. O‘zbek tilida yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi. ISBN:978-620-0-61758-3. GlobeEdit, – 116 b.
  2. O‘zbek tilining geografik terminlari tizimi. – Toshkent: Maxalla va oila, 2021. – 194 b.
  3. Leksikografiya va terminografiya: ma’lumotlar bazasi va semantizatsiyasi. Jamoaviy monografiya / Mas’ul muharrir:
    Karimov. – Toshkent, 2024. – 316 b. (Hammualliflikda)

 

O‘quv qo‘llanmalari:

  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (amaliy mashg‘ulot uchun qo‘llanma).
  2. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati. (Hammualliflikda)
  3. Vaziyatli vazifalar (amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma).
  4. Matn tahriri (o‘quv qo‘llanma) (Hammualliflikda)

Ishtirok etgan loyihalari:

“O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada ilmiy xodim (2019-2021-yillar)

Maqolalari

80 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola muallifi

 

Avtoreferat.

 

Avtoreferat DSc.