Filologiya Fanlari doktori (DSc)
1984-yil 20-yanvar Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.1991-2001-yillar Qarshi shahridagi Nodirabegim nomli 34-o‘rta maktabda o‘qigan. 2002-2006-yillar Qarshi davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 2006-2008 yillar Buxoro davlat magistiraturasida o‘qigan. 2009-2017-yillar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyda o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017-yildan boshlab Abdulla Oripov ijod maktabida o‘qituvchi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ibragimov Javlon Yormatovich 2019-yil Qarshi davlat universiteti qoshidagi PhD.30.05.2018.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengashda 10.00.01 – O‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha “O‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilishning metodologik asoslari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2023-yilda 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchilari va ularning modellari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Monografiyalari:
Maqolalari
40 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola muallifi