L o a d i n g

Hamroyeva Shahlo Mirjonovna

Filologiya fanlari doktori (DSc)

1981-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1988-1998-yillarda Buxoro shahridagi 10-umumta’lim naktabida tahsil olgan. 1998-2002-yillarda Buxoro davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida, 2003-2005-yillarda BuxDU magistraturasida tahsil olgan.

2018-yilda “O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2021-yilda “O‘zbek tili morfologik analizatorining lingvistik ta’minoti” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

“O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.01- O‘zbek tili

“O‘zbek tili morfologik analizatorining lingvistik ta’minoti” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.

Monografiyalari:

  1. O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari.
  2. O‘zbek tili morfologik analizatorining lingvistik ta'minoti.Основы созданиелингвистикческой базы морфоанализатора узбекского языка.
  3. Basics of creating the linguistic base of the morphoanalayzer of the Uzbek language.
  4. O‘zbek tilining milliy korpusi va uning tendensiyalari.

O‘quv qo‘llanmalari:

  1. Tilshunoslikning metodologik masalalari.
  2. Korpus lingvistikasi: korpus tuzish va undan foydalanish (amaliy mashg`ulot uchun qo`llanma).
  3. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли луғати.
  4. Korpus lingvistikasi.
  5. Kompyuter leksikografiyasi

Ishtirok etgan loyihalari:

№ IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari  (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi - o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” innovasion loyihasi rahbari (2022-2024-yillar)

 

“O‘zbek tilining ta'limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada katta ilmiy xodim (2019-2021-yillar)

“Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyihada katta ilmiy xodim (2020-2021-yillar).

 

Avtoreferat.

 

Avtoreferat DSc.