Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Botirova Adiba Erkinovna 1983-yil 25-oktabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1991-2001-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 55-umumta’lim maktabida ta’lim olgan. 2001-2006-yillarda Samarqand davlat universiteti, 2006-2008-yillar Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
2004-2005-yillar-Samarkand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida laborant;
2005-2006-yillar Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi 56-maktabda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi;
2006-2008-yillarda Navoiy shahar xalq ta’limiga qarashli 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi;
2008-2017-yillar Navoiy davlat pedagogika institutining boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi;
2018-2019-yillar Navoiy davlat pedagogika institutining boshlang‘ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
2019-2020-yillar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi;
2020-2022-yillar Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini;
2022-2024-yillar Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i;
2024-yildan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasining Viloyatlararo hududiy boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mavzu: “O‘zbek tilida so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlili”.
Ixtisosligi: 10.00.01 – O‘zbek tili.
Mavzu: O‘zbek tili ta’limiy korpusi uchun grammatik o‘quv lug‘atlarining lingvistik asoslari.
Ixtisosligi: 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
“Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha rahbari (2021-2022-yillar).