L o a d i n g

Botirova Adiba Erkinovana

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

1983-yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1991-2001-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 55-umumta’lim naktabida ta’lim olgan. 2001-2006-yillarda Samarqand davlat universiteti, 2006-2008-yillar Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

2018-yilda “O‘zbek tilida  so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlili” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

“O‘zbek tilida so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlili” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ixtisosligi: 10.00.01- O‘zbek tili.

Monografiyalari:

  1. So‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi funksional-sintaktik tahlili. ISBN:978-620-0-62043-9. GlobeEdit, – 121 b.
  2. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. Jamoaviy monografiya / Mas’ul muharrir: B.Bahriddinova. – Toshkent, 2020. – 99 b. (Hammualliflikda)

 

Darsligi:

  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2024-yil.

Ishtirok etgan loyihalari:

“Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha rahbari (2021-2022-yillar)

Maqolalari

50 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola muallifi