Filologiya fanlari doktori (DSc), professor
1974-yil 6-avgustda Kitob tumanida tug‘ilgan. 1981-91 yillarda tumandagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olgan. 1992-97 yillarda Qarshi davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi bo‘limida tahsil olgan.
2002-yilda SamDU qoshidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda 10.02.02 – milliy tillar (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha “Fe’l lug‘aviy shakllari tizimi” mavzusida nomzodlik, 2020-yilda 10.00.01 – o‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda o‘quv lug‘atchiligi: lingvistik asoslari, tarixi va istiqbollari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Filologiya fanlari doktori, professor.
B.Bahriddinovaning muallifligida 4ta monografiya (“Hozirgi zamon o‘zbek tili. Qo‘shimchalar tasnifi yuzasidan materiallar”, 2004; “Zamonaviy o‘zbek punktuatsiyasi asoslari”, 2015; “O‘zbek o‘quv lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalari”, 2020; “O‘zbek o‘quv lug‘atchiligi asoslari”, 2024), 3ta o‘quv qo‘llanma (“Hozirgi o‘zbek tili. Grammatika”, 2020; “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 2021; “O‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi”, 2024), 3ta o‘quv lug‘ati (“O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati” (hammuallif), 2007; “O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati” (hammuallif), 2008; “Ona tili. Qomus” (hammuallif), 2010), shuningdek, 10dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma; xorijiy hamda respublika miqyosidagi nashrlarda 170 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar nashr etilgan. Shundan “Web of Science Core Collection” yoki “Scopus” ma’lumotlar bazasida indekslangan nashrlarda 3ta maqolasi chop etilgan.
Uning rahbarligida hozirga qadar 20ga yaqin magistrlik dissertatsiyasi, 4ta falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. Ayni paytda 30ga yaqin doktorant, mustaqil va erkin ilmiy izlanuvchilarning tadqiqotlariga rahbarlik qilmoqda. 2018-yildan buyon “Lingvistik ekspertiza va tahrir” ilmiy markazi faoliyatiga rahbarlik qilib, xo‘jalik shartnomalari asosida mablag‘ ishlab topishni yo‘lga qo‘ygan.
U oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida faol ishtirok etib kelmoqda. O‘z ixtisosligi bo‘yicha 3ta ilmiy seminar va 3ta ilmiy kengash, 4ta ilmiy jurnal tahririyati a’zosi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi bajarilishi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda asosiy ishtirokchi sifatida etmoqda.
B.Bahriddinova “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni (2020) hamda “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” (2022) esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.