L o a d i n g

Axmedova Dildora Bahodirovna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

1977-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1984-1994-yillarda Vobkent tumanidagi 5-umumta’lim naktabida tahsil olgan. 1994-1999-yillarda Buxoro davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida tehsil olib, imtiyozli diplom bilan tamomlagan..

2020-yilda “Atov birliklarini o‘zbek tili korpuslari uchun leksik-semantik teglashning lingvistik asos va modellari” mavzusida (ixtisoslik shifri: 10.00.01 – O‘zbek tili) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yildan “Til korpuslarida o‘zbek tili birliklari semantik kengaytmasining leksikografik bazalari” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot olib bormoqda.

Monografiyalari:

  1. Atov birliklarini o‘zbek tili korpuslari uchun leksik-semantik teglashning lingvistik asos va modellari. – Buxoro, “Durdona” nashriyoti – 2022. – 132 b.
  2. Til korpuslarida o‘zbek tili birliklari semantik kengaytmasining leksikografik bazalari. – Buxoro, “Durdona” nashriyoti, 2023. – 161 b.
  3. Oʻzbek tilining milliy korpusi. [Matn]: Jamoaviy monografiya / Mas’ul muharrir: B.Mengliyev. – Toshkent, Muharrir nashriyoti. 2023. – 236 b.

O‘quv qo‘llanmalari:

  1. Ona tili
  2. Ona tili leksikologiyasi va morfologiyasi
  3. Kompyuter leksikografiyasi
  4. Korpus lingvistikasi atamalarining o‘zbekcha-inglizcha va inglizcha-o‘zbekcha lug‘ati
  5. Ona tili fanidan ta’lim texnologiyalari
  6. Xalq og‘zaki ijodi

80 dan ortiq maqola muallifi.

 

Avtoreferat.